Live
5
O'zbek

Flik: «Rodri — «Barselona» uchun ideal futbolchi»

Futbol
28 avgust, 10:43
«Barselona» bosh murabbiyi ispaniyalik yarimhimoyachi debyutidan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Flik: «Rodri — «Barselona» uchun ideal futbolchi»
Foto: Gettyimages

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarimhimoyachi Rodri Ernandesning «Atletik» bilan o‘yindagi debyuti borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Rodri — biz uchun ideal o‘yinchi, bizning falsafa va biz namoyish qiladigan futbol uchun. U fantastik o‘yin o‘tkazdi», — deya Flik so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi vaqtida Rodri «Manchester Siti»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tdi. U «Atletik» bilan o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmadi, lekin 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. «Ko‘k-anorranglilar» o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, La Liga doirasida Flik shogirdlari 31-avgust kuni «Rayo Valekano»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar