Live
3
O'zbek

«Siti» va «Arsenal» «Everton» hujumchisi uchun kurashadi — talkSPORT

Futbol
28 avgust, 09:35
Iliman Ndiaye APL grnadlari e’tiborida.
«Siti» va «Arsenal» «Everton» hujumchisi uchun kurashadi — talkSPORT
Foto: BBC

«Manchester Siti» va «Arsenal» klublari «Everton»ning afrikalik futbolchisi Iliman Ndiaye transferi uchun kurash olib boradi. Liverpul klubi 26 yoshli futbolchisini 80 mln funt sterlingga baholamoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Ndiayening klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Bunga esa futbolchi sal avval klubning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Ndiaye barcha musobaqalar doirasidagi 34 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Ilimanning aktual transfer narxini 55 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar