Live
3
O'zbek

Anri UYEFA prezidentining maxsus sovriniga loyiq ko‘rildi

Futbol
28 avgust, 08:41
Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi rahbari mukofoti sohibi bo‘ldi.
Anri UYEFA prezidentining maxsus sovriniga loyiq ko‘rildi
Foto: UEFA

Fransiya milliy jamoasi sobiq forvardi Terri Anri 2026 yilda UYEFA prezidentining maxsus sovriniga loyiq ko‘rildi. Ushbu sovrin maydonda va uning tashqarisida erishilgan ulkan natijalar uchun topshiriladi.

Tashkilot rahbari Aleksander Cheferin bu borada quyidagicha fikr bildirdi:
«Tezlik, nafislik, mahorat va hujumlarni yakunlashdagi sovuqqonlik Anrini barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilaridan biriga va jahon darajasidagi mutaxassis sifatida futbolda o‘z tarixini yozishda davom etayotgan insonga aylantirdi. U haqiqatan ham muhim masalalar bo‘yicha gapirishdan hech qachon qo‘rqmagan: kamsitish va irqchilikka qarshi izchil ravishda kurash olib borgan, ruhiy salomatlik muammolari haqida gapirgan va ko‘plab gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z vaqtini ayamaydi. Uning o‘ziga xos ehtirosi va maydondan tashqaridagi faoliyati shuni ko‘rsatdiki, mashhur ibora «tomirlardagi muz» hali hammasi emas. Buning ortida befarq bo‘lmagan, iliq qalb yashiringan».

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar