«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Jek Grilish «shaharliklar» safini tark etgan taqdirda, qayerda faoliyatini davom ettirmoqchiligi ma’lum.
Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar berdi.
30 yoshli angliyalik futbolchi uchun birinchi variant «Everton»ligicha qolmoqda. Vinger liverpulliklar safida to‘p tepishga ulgurgan. O‘tgan mavsumda Jek ijara huquqi asosida aynan shu klub sharafini himoya qilgan.
Futbolchi atrofidagi vaziyatni «Aston Villa» ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Birminghemliklar sobiq sardorini jamoaga qaytarish borasida o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yildan buyon «shaharliklar» safida to‘p tepmoqda. O‘shanda u aynan «Aston Villa»dan «Siti» tarkibiga borib qo‘shilgan. Ingliz grandi safida 159 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma yetkazib berdi.