Bugun
31
O'zbek

Grilish «Siti»ga kerak emas

Futbol
28 avgust, 05:35
Transfer oynasining so‘nggi kunlarida vinger Manchesterni tark etishi mumkin.
Grilish «Siti»ga kerak emas
Foto: BBC

«Manchester Siti» klubi vingeri Jek Grilish transfer oynasining so‘nggi kunlarida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi «shaharliklar»ning kelajak bo‘yicha rejalariga kirmaydi, shu sababli yangi chaqiruvga tayyor.

Ta’kidlanishcha, futbolchida APLning ikki klubidan taklif mavjud.

Ma’lumot uchun, Grilish 2021-yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepib keladi. Yangi mavsumda futbolchi ikki o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar amalga oshira olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining ingliz grandi bilan shartnomasi keyingi yil yozgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Grilishning aktual transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar