Eksekiel Palasios “Bayer”dan “Ipsvich”ga oʻtdi.
Angliya klubi argentinalik 27 yoshli yarimhimoyachi transferini rasman eʼlon qildi. Tomonlar 2030 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qilishi, yana 5 million yevroni esa nemislar bonuslar koʻrinishida olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Palasios oʻtgan mavsumda Bundesligada 18 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Bayer” Palasiosni “Ipsvich”ga sotdi
Futbol
28 avgust, 04:09
Argentinalik yarimhimoyachi faoliyatini APLda davom ettiradi.
Foto: Ipswich Town