Bugun
43
O'zbek

«Manchester Siti» muxlislar yaratgan yangi libosni taqdim etdi

Futbol
27 avgust, 05:31
Yangi uchinchi libos dizayni sun’iy intellekt yordamida muxlislar tomonidan ishlab chiqilgan.
«Manchester Siti» muxlislar yaratgan yangi libosni taqdim etdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» 2026/2027 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi. Dizayn Puma kompaniyasining sun’iy intellekt asosidagi AI Creator vositasi yordamida muxlislar ishtirokida yaratilgan.

Loyiha doirasida dunyoning 200 dan ortiq mamlakatidan muxlislar 180 mingdan ziyod noyob dizayn taqdim etgan. 1,7 mln ovoz berishdan so‘ng eng mashhur 10 ta variant finalga chiqqan va g‘olib muxlislar ovozi bilan aniqlangan.

G‘olib dizayn oq asosga ega bo‘lib, futbolka markazidan butun uzunligi bo‘ylab ikki rangli chiziq o‘tgan. Uning bir qismi havorang, ikkinchi qismi esa to‘q ko‘k rangda ishlangan.

«Bu uchinchi libos, biroq o‘ziga xos jihati shundaki, u bizdan birimiz tomonidan ishlab chiqildi va barchamiz tomonidan tanlandi», — deyiladi klub bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar