Uisdom Mayk «Bavariya»dan «Bryugge»ga o‘tdi. Germaniya klubi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 17 yoshli vinger yangi jamoasiga qo‘shilgan.
Mayk «Bavariya» akademiyasiga 2022 yil yozida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi akademiyasidan kelib qo‘shilgandi. U 2025/2026 yilgi mavsumda Bundesligada 4 ta, Chempionlar Ligasida esa 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Yarimhimoyachi ushbu bahslarda samarali harakatlari bilan ajralib turmagan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 5 mln yevroga baholamoqda.