Bugun
43
O'zbek

O'rtoqlik o'yini. O‘zbekiston U-17 jamoasi Ispaniya U-18'ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Futbol
27 avgust, 06:15
Yoshlar o‘rtasidagi bahsda Ispaniya 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O'rtoqlik o'yini. O‘zbekiston U-17 jamoasi Ispaniya U-18'ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
Foto: O'FA

O‘zbekiston U-17 jamoasi Ispaniya U-18'ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Bellashuv ispanlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 63-daqiqada ochildi. Gilyermo Ortega penaltini aniq amalga oshirib, Ispaniyani oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakuniga yaqin ispanlar yana ikki bor gol urdi. Roberto Tomas 90+1-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 90+2-daqiqada Mixal Juk Jendjeyevska yakuniy natijani o‘rnatdi.

Ispaniya - O‘zbekiston 3:0
Gollar: Ortega 63 (pen.), Tomas 90+1, Jendjeyevska 90+2

Ispaniya: Darlington Chichoro, Serhi Mayol, Oskar Pareho Kasteliano, Xuan Manuel Borrero, Raul Martinez, Serinyo Modou, Marko David, Santiago del Pino, Adrian Vivo, Luis Navarro, Gilyermo Ortega.
O‘zbekiston: Shomurodov, Abdusoliyev, Olimov, Mamatov (O‘ktamboyev, 46’), Ravshanov (Marupov, 80’), Tohirov (O‘ktamov, 46’), Anvarov (s), Orifxonov (Abdullayev, 46’), Abdunabiyev, Abduraimov, Rahimov.

Foto: O'FA

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
  • Ispaniya (17 yoshgacha) Ispaniya (17 yoshgacha)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar