Bugun
43
O'zbek

Vilson Izidor «Sanderlend» bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
27 avgust, 05:58
26 yoshli hujumchi yangi kelishuvga ko‘ra faoliyatini Angliya klubida 2030 yilgacha davom ettiradi.
Vilson Izidor «Sanderlend» bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Getty Images

Vilson Izidor «Sanderlend» bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Izidor 2024 yil avgustida dastlab ijara asosida jamoaga qo‘shilgan, 2025 yil fevralida esa klub uning transferini doimiy asosda rasmiylashtirgandi. Hujumchi «Sanderlend» safidagi ilk mavsumida 12 ta gol urib, jamoaning APLga qaytishiga yordam bergan.

U «Koventri Siti»ga qarshi Chempionship pley-off yarimfinalidagi safar g‘alabasida ham muhim gol muallifi bo‘lgan. Izidor hozirga qadar klub safida barcha musobaqalarda 82 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar