«Real» «Granada» markaziy himoyachisi Oskar Naaseini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi uchun 2 mln yevro to‘lanadi.
Naasei kelajak uchun iqtidor sifatida baholanmoqda va dastlab «Real»ning «Kastilya» jamoasiga qo‘shiladi. Unga Germaniya klublari ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchi Madrid jamoasini tanlagan.
Naasei tibbiy ko‘rikdan ham muvaffaqiyatli o‘tgan.