"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Myunxenda o'zini baxtli his qilayotganini aytdi.
"Men klub tomonidan mehr va ishonchni his qilaman, qanchalik qadrlanishimni bilaman. Faqat gollar uchun emas — o'yinim, kiyinuv xonasidagi o'rnim va jamoaga qo'shayotgan hissam ham qadrlanadi. O'zimni haqiqatdan ham omadli inson deb bilaman. Muxlislarning menga bo'lgan munosabati ham alohida ahamiyatga ega. Ular meni bir necha yil ichida juda iliq qabul qilishdi. Endi mening maqsadim — bu ishonchga gollar va sovrinlar bilan javob qaytarish", — deya Keynning so'zlaridan keltiradi Bild nashri.
Ma'lumot uchun, angliyalik 33 yoshli futbolchi 2023 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Hozirda tomonlar kelishuvni yana ikki yilga uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.