"Fiorentina" hujumchisi Moyze Ken faoliyatini "Komo"da davom ettirishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italyan futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilning yozigacha bitim imzolash bo'yicha kelishuvga erishgan. "Komo" yaqin vaqt ichida 26 yoshli futbolchi bo'yicha rasmiy taklif yuborishga tayyorlanmoqda.
Agar Moyze "Komo" bilan shartnoma imzolasa, yiliga 5 million yevro atrofida maosh oladi. Shuningdek, turli bonuslarga ham ega bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Ken 2024 yildan buyon Florentsiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.