Bugun
43
O'zbek

«Everton» va «Aston Villa» Grilishga qiziqish bildirmoqda

Futbol
27 avgust, 02:45
Jek yaqin kunlarda yakuniy qarorga keladi.
«Everton» va «Aston Villa» Grilishga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish yaqin kunlarda o‘z kelajagi borasida qaror qabul qiladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

30 yoshli futbolchiga «Everton» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham angliyalik futbolchining vakillari bilan aloqada.

Grilish esa yaqin kunlarda yakuniy qarorga keladi. Mish-mishlarga qaramay, «Sanderlend» bilan aniq muzokaralar olib borilmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Jek professional faoliyatini aynan «Aston Villa»da boshlagan. U «Everton»da ham o‘ynagan, futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida ushbu klubda o‘tkazgan.

Avvalroq Grilishning «Manchester Siti»da qolmasligi ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Everton Everton
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar