Live
2
O'zbek

Grilish «Manchester Siti»da qolmaydi

Futbol
11 iyun, 09:53
Angliyalik futbolchining yozda klubni tark etishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Grilish «Manchester Siti»da qolmaydi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Jek Grilishning klubdagi faoliyati yakunlanish arafasida.

The Athletic jurnalisti Sem Lining xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi Entso Mareska jamoasida ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Grilishning ketishiga qarshilik qilmaydi. Futbolchi boshqa klubga ijara asosida yoki to‘liq transfer qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yilda «Aston Villa»dan 117 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan edi. Bu transfer uzoq vaqt Angliya futboli tarixidagi eng qimmat bitimlardan biri bo‘lib qoldi.

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda Grilish ijara asosida «Everton» safida harakat qildi. U barcha musobaqalarda 22 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar