Bugun
43
O'zbek

«Liverpul» «PSJ» bilan Barcolyaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
27 avgust, 04:30
Transfer narxi bonuslarni hisobga olgan holda 120 mln funtni tashkil etadi.
«Liverpul» «PSJ» bilan Barcolyaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Liverpul» «PSJ» bilan futbolchi Bredli Barcolyaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

23 yoshli fransiyalik vingerning transferi bonuslarni hisobga olgan holda 120 million funtni tashkil etadi. Uning 100 million funtdan sal ko‘proq qismi kafolatlangan to‘lov bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Barcolya 2023 yil avgust oyidan buyon parijliklar safida to‘p tepib kelmoqda. U «Lion»dan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Avvalroq «Arsenal» Barcolya uchun kurashga qo‘shilgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar