Bugun
43
O'zbek

Samuele Richchi «Komo»ga o‘tishga yaqin

Futbol
27 avgust, 05:29
Italiyalik yarimhimoyachi yangi klubida ijara asosida faoliyatini davom ettiradi.
Samuele Richchi «Komo»ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

«Komo» va «Milan» Samuele Richchining transferi bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishdi. Kelishuvga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi 1,5 mln yevro evaziga ijaraga olinadi va uning maoshini to‘liq «Komo» to‘laydi.

Shuningdek, bitimda futbolchini 22 mln yevroga sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Qo‘shimcha bonuslar ham mavjud.

Richchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun «Komo»ga yo‘l olishga ruxsat berilgan. Transferni insayder Fabritsio Romano «Here we go» belgisi bilan tasdiqlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar