Angliyaning «Nottinghem Forest» klubi «Chelsi»dan hujumchi Liam Delapni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
«Nottinghem Forest» futbol klubi Liam Delapning transferini tasdiqlashdan mamnun. Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Delap o‘tgan mavsumni «Chelsi»da o‘tkazib, barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ularning beshtasi Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keladi.
Liam Yevropa futbolining asosiy turniridagi ilk golini «Barselona»ga qarshi o‘yinda urgan va «ko‘klar» 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Avvalroq «Nottinghem Forest» Delapning transferi uchun 45 million funt sarflashi ma’lum qilingan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi