Live
2
O'zbek

«Aston Villa» Mateta transferidan umid uzmagan

Futbol
28 avgust, 06:45
Fransiya milliy jamoasi forvardi faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
«Aston Villa» Mateta transferidan umid uzmagan
Foto: Gettyimages

«Kristal Pelas» klubi hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini hali ham «Aston Villa»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Aston Villa» 29 yoshli fransiyalik transferidan umid uzmagan. Avvalroq «burgutlar» 23,4 mln yevro miqdoridagi taklifni rad etgandi. Biroq Mateta xizmatlariga «Manchester Yunayted», «Tottenhem», «Galatasaroy» va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasi yangi mavsumida Mateta 1 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshira olmadi. Futbolchining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar