Live
8
O'zbek

Rasman: Goreska – «Aston Villa» futbolchisi

Futbol
27 avgust, 11:28
Goreska erkin agent maqomida «Aston Villa» safini to‘ldirdi.
Rasman: Goreska – «Aston Villa» futbolchisi
Фото: Getty Images

«Aston Villa» klubi yarimhimoyachi Leon Goreska o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Birminghemliklar germaniyalik 31 yoshli futbolchi bilan qancha muddatli bitim imzolagani ochiqlanmagan.

Goreska erkin agent maqomida «Aston Villa» safini to‘ldirdi. Bunga qadar u «Bavariya»da qariyb 8 yil davomida to‘p tepdi. Jamoa bilan ko‘plab yutuqlarga erishdi.

Avvalroq Leonga «Milan» jamoasi jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq u faoliyatiin APLda davom ettirishga qaror qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar