«Chelsi» «Atalanta» va Italiya milliy jamoasi himoyachisi Honest Ahanor transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bitim qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 40 mln funt atrofida bo‘ladi.
Tomonlar kelishuvning ayrim tafsilotlarini yakunlamoqda. Hujjatlar tayyorlanmoqda va futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun safarga chiqishga ruxsat berilgan.
«Chelsi» Ahanorning jamoada faoliyatini qaysi yo‘nalishda davom ettirishi bo‘yicha yakuniy qarorni tez orada qabul qiladi.