Live
6
O'zbek

«Neftchi» — «Paxtakor» bahsini Shavkat Nasibullayev boshqaradi

Futbol
27 avgust, 10:47
O‘zFHM 29–30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘rtta uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi e’lon qildi.
«Neftchi» — «Paxtakor» bahsini Shavkat Nasibullayev boshqaradi
Фото: UzFHM

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichining 29–30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘rtta uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi aniqlandi.

29-avgust kuni «Surxon» va «Guliston» o‘rtasidagi bahsni Umidjon Rahimjonov boshqaradi. Unga Islom Nosirov hamda Otabek Mamatov yordam beradi. Rinat Serazitdinov zaxira hakami sifatida ishlaydi. VAR hakami — G‘ayrat Jo‘rayev, AVAR hakami — Andrey Sapenko. Uchrashuv nazoratchisi Marat Ismailov, komissari esa Davron Ibrohimov bo‘ladi.

«Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvida bosh hakam vazifasi Shavkat Nasibullayevga yuklatilgan. Rasuljon Fozilov va Maksim Nexochin yordamchi hakamlar sifatida faoliyat yuritadi. Doston Rahmonov zaxira hakami, Asker Najafaliyev VAR, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov esa AVAR hakami bo‘ladi. Bahs nazoratchisi — Baxtiyor Namozov, komissar — Qudrat Madraimov.

30-avgust kuni «So‘g‘diyona» va «Jayxun» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Nayim Qosimov boshqaradi. Akmal G‘iyosov va Aleksandr Burov unga yordam beradi. Alisher Rahimqulov zaxira hakami etib tayinlangan. VAR tizimida Doston Rahmonov, AVARda esa Shohnur Yo‘ldoshev ishlaydi. Nazoratchi — Baxtiyor Tagayev, komissar — Jalolxon Inog‘omxo‘jayev.

«Navbahor» va «Nasaf» qarama-qarshiligida bosh hakam sifatida Temur To‘xtasinov faoliyat olib boradi. Avaz Abdullayev va Abdurashid Erkinov yordamchi hakamlar bo‘ladi. Olim To‘ychiboyev zaxira hakami, Jasur Muxtorov VAR, Rinat Serazitdinov esa AVAR hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv nazoratchisi — Ma’mur Saidqosimov, komissar — Shohruh Said.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar