«Milan» «Galatasaroy»ning hujumchi Rafael Leau transferi bo‘yicha taklifini qabul qildi. David Ornshteyn xabariga ko‘ra, Istanbul klubi portugaliyalik futbolchi uchun 45 mln yevro to‘laydi.
Endi yakuniy qarorni Leauning o‘zi qabul qilishi kerak. «Galatasaroy» futbolchiga soliqlar chegirilganidan keyin yiliga 10 12 mln yevro maosh taklif qilmoqda. Hozircha hujumchi transferga rozilik bermagan.
Leauga «Aston Villa» ham da’vogarlik qilmoqda. Ingliz klubi futbolchini ijaraga olib, keyinchalik majburiy sotib olish variantini muhokama qilmoqda. «Milan» esa futbolchini hoziroq sotishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Leau «Milan» safida 2019 yildan beri to‘p tepmoqda. U Italiya klubiga «Lill»dan ko‘chib o‘tgandi.