Bugun
43
O'zbek

Leau «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin

Futbol
27 avgust, 07:42
Portugaliyalik futbolchi transfer bo‘yicha yakuniy qarorini hali qabul qilmagan.
Leau «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Rafael Leau «Galatasaroy» va «Aston Villa» variantlari orasidan tanlov qilmoqda. Daniel Longoning xabar berishicha, «Milan» vingeri hozircha bir qarorga kelmagan, ammo Birminghem klubiga o‘tishga moyil.

«Aston Villa» futbolchini 8 mln yevroga ijaraga olib, keyinchalik 42 mln yevroga majburiy sotib olish sharti bilan transfer qilishni taklif qilmoqda. Ingliz klubi Leauga yiliga 8 mln yevro maosh taklif qilgan.

«Galatasaroy» esa futbolchiga yiliga 10 mln yevro va bonuslar ko‘rinishida yana 2 mln yevro taklif qilgan. Leau turkiyaliklarga ushbu variantni tanlashi uchun ko‘proq pul taklif qilishlari kerakligini bildirgan.

Bugun Leauning agenti va «Galatasaroy» vakili o‘rtasida yangi uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Milan Milan
  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar