«Montsa» «Roma» markaziy himoyachisi Yan Ziolkovski transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi dastlab ijara asosida «Montsa»ga o‘tadi.
Kelishuvda Yanni 18 mln yevroga sotib olish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun, Ziolkovski 2025 yil yozida «Legiya»dan «Roma»ga o‘tgandi.