Italiyaning «Roma» klubi himoyachi Mario Ermoso bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 30 yoshli futbolchining Rim klubi bilan shartnomasini yana bir yoki ikki yilga uzaytirishni muhokama qilmoqda. Shuningdek, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, Ermosoning maoshi kamayadi. Biroq bu holat tomonlarning muzokara olib borishiga to‘sqinlik qilishi kutilmayapti.
Ma’lumot uchun, Ermoso «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi kattalar darajasidagi faoliyati davomida «Espanyol», «Atletiko», «Bayer» va boshqa jamoalarda to‘p tepgan. Ayni vaqtda uning transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etmoqda.