Live
5
O'zbek

Teate — «Bolonya» futbolchisi (Romano)

Futbol
28 avgust, 10:30
Belgiyalik himoyachi sobiq klubiga qaytadigan bo‘ldi.
Teate — «Bolonya» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

«Bolonya» «Ayntraxt» himoyachisi Artur Teate transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bitim dastlabki ijara asosida amalga oshiriladi.

Kelishuvda futbolchini 15 mln yevroga sotib olish imkoniyati hamda «Ayntraxt» foydasiga 15 foizlik keyingi sotuvdan ulush bandi mavjud.

Teate yaqin 24 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va «Bolonya» safiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli belgiyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda ham «Bolonya» safida ijara asosida o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar