«Roma» «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Dastlabki sof maosh taxminan 4 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, natijalarga qarab bonuslar ham nazarda tutilgan.
Klublar esa hali transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishmagan. UEFAning moliyaviy qoidalariga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan «Marsel» futbolchini taxminan 55 million yevro atrofida baholamoqda. «Roma» esa birinchi taklif sifatida 40 million yevro tayyorlamoqda.
Avvalroq Grinvudning «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingandi.