Live
1
O'zbek

Henderson: «Modrich yomon o‘ynaganini hali ko‘rmaganman»

Futbol
16 iyun, 08:44
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jordan Henderson hamkasbi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Henderson: «Modrich yomon o‘ynaganini hali ko‘rmaganman»
Foto: Gettyimages
17.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jordan Henderson Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi o‘zaro o‘yin arafasida Xorvatiya milliy jamoasi yetakchisi Luka Modrich haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Hozirga kelib Modrich milliy jamoa safida 198 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

«U jahon darajasidagi futbolchi, unga qarshi o‘ynash juda qiyin. Umid qilamanki, u o‘zini biz ko‘rib, o‘rganganimizdek yaxshi tomondan ko‘rsata olmaydi, lekin men u yomon o‘ynaganini hali ko‘rmaganman ham», - deya Henderson so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

Foto: Gettyimages

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati-2026 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Xorvatiya va Angliya milliy jamoalaridan tashqari L guhida Gana hamda Panama ham bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar