Live
1
O'zbek

Roy Kin: «U bosim ostida harakat qilishni yoqtiradi»

Futbol
14 iyun, 06:42
«MYu» klubi sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Roy Kin: «U bosim ostida harakat qilishni yoqtiradi»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shubhasiz, biz u haddan ziyod orqaga qaytib, harakat qilishini istamaymiz. U markazga qaytib, deyarli himoyadan to‘pni olib chiqqanini oxirgi yillarda ko‘p bor uchratdik. U hali ham juda xavfli futbolchi.

Angliya milliy jamoasi yetakchisi, asosiy yulduzi sifatida bo‘layotgan bosim unga yoqadi, u barchasini to‘g‘ri qabul qilmoqda. Keynning «Tottenhem»dagi davrini yodga olsak, juda ko‘p narsa unga bog‘liq edi. «Bavariya» — ajoyib jamoa va Harri u yerda ham jamoa yulduzi. Bu holat unga yoqadi. Albatta, Harri Keynga maydonda jamoadoshlarining yordami kerak bo‘ladi.

«Bavariya» safida urilgan gollar u uchun katta ishtiyoq manbai bo‘lib xizmat qildi. Ko‘rinib turibdi, yangi ligada, yangi va kuchliroq futbolchilar bilan birga o‘ynash orqali u ko‘p narsani o‘rgangan», - deya Nevill so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.

Foto: Gettyimages

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar