Bugun
13
O'zbek

AQSH politsiyasi Angliya milliy jamoasiga tegishli jihozlar oʻgʻirlanishi boʻyicha tergov olib borilayotganini tasdiqladi

Futbol
13 iyun, 01:25
Ikki nafar shaxs tekshiruvlar uchun hibsga olingan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
AQSH politsiyasi Angliya milliy jamoasiga tegishli jihozlar oʻgʻirlanishi boʻyicha tergov olib borilayotganini tasdiqladi
Foto: Getty Images
17.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

AQSHning Kanzas-Siti (Missuri shtati) politsiyasi Angliya milliy jamoasiga tegishli jihozlar oʻgʻirlanishi boʻyicha tergov olib borilayotganini tasdiqladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Biz jamoa transportidan jihozlar oʻgʻirlanishi ehtimoli boʻyicha ish olib boryapmiz. Ushbu transport Kanzas-Sitiga bugun kechqurun ayrim buyumlarsiz yetib kelgan.

Tergov davom etmoqda. Ishga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan ikki nafar shaxs keyingi tekshiruvlar uchun hibsga olindi», — deyiladi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yoʻqolgan buyumlar orasida jamoa yetakchilari Harri Keyn va Jud Bellinghamning butsasi ham borligi maʼlum qilingandi. Shuningdek, milliy jamoa deyarli barcha mashgʻulot toʻplaridan mahrum boʻlgan va jamoa ixtiyorida atigi bitta toʻp qolgan.

Qayd etish lozim, Angliya milliy jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17 iyundan 18 iyunga oʻtar kechasi Xorvatiyaga qarshi oʻtkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar