Live
6
O'zbek

Jerrard JCHdagi birinchi o‘yin uchun Angliyaning asosiy tarkibini tuzdi

Futbol
14 iyun, 09:38
Angliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi o‘z talqiniga ko‘ra jamoaning asosiy tarkibini tuzdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Jerrard JCHdagi birinchi o‘yin uchun Angliyaning asosiy tarkibini tuzdi
Foto: Gettyimages
17.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Angliyalik sobiq yarimhimoyachi Stiven Jerrard JCH o‘yinlari uchun asosiy tarkibining o‘z variantini tuzdi.

Darvozabon: Jordan Pikford.

Himoyachilar: Ris Jeyms, Ezri Konsa, Mark Gehi, Niko O’Rayli.

Yarimhimoyachilar: Deklan Rays, Elliot Anderson, Jud Bellinghem.

Hujumchilar: Entoni Gordon, Bukayo Saka, Harri Keyn.

Angliya milliy jamoasi jahon chempionati-2026dagi debyut o‘yinini Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. L guruhi ikkinchi turida inglizlar Gana (23 iyun) bilan ro‘baro‘ keladi hamda 3-turda — Panama (28 iyun) bilan o‘yin.

Guruh bosqichi 11 — 27-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Jamoalar har biri uchtadan o‘yin o‘tkazadi. Pley-off yo‘llanmasiga guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni jamoalar qo‘lga kiritadi. Shuningdek, uchinchi pog‘onani band etgan 8 ta eng yaxshi jamoalar musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar