Live
4
O'zbek

«Milan» Allegri bilan masalani uch kun ichida hal qilishi kerak

Futbol
14 iyun, 10:52
Klub murabbiy bilan kelishuvga erishmasa, ish sudgacha yetib borishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Milan» Allegri bilan masalani uch kun ichida hal qilishi kerak
Foto: Getty Images

«Milan» klubida sobiq bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda. PianetaMilan.it xabariga ko‘ra, klubda mutaxassis bilan moliyaviy masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun yana uch kun vaqt bor.

Qayd etilishicha, 16 iyun — muhim sana hisoblanadi. Aynan shu kuni «Milan» kelasi mavsum A Seriyada ishtirok etishini rasman tasdiqlashi kerak.

Agar shu muddatgacha tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmasa, masala sud jarayoniga o‘tishi mumkin. Bunday holatda «rossonerilar» qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarga duch kelish ehtimoli mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegri «Milan» bosh murabbiyi etib bir yil avval tayinlangan edi. Biroq jamoa mavsum yakunida kutilgan natijalarni qayd eta olmadi va mutaxassis o‘z lavozimini tark etdi.

Hozircha klub ham, murabbiy tomoni ham vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Shu bilan birga, Italiya matbuoti tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etayotgani va kelishuvga erishish imkoniyati saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.

Bugungi yangiliklar