Live
3
O'zbek

«Lans»ni Toppmyoller boshqaradi

Futbol
14 iyun, 12:08
Fransiya klubi Pyer Sajuning ehtimoliy ketishidan so‘ng nemis mutaxassisiga murojaat qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Lans»ni Toppmyoller boshqaradi
Foto: Getty Images

Fransiyaning «Lans» klubi bosh murabbiy Pyer Saju o‘rniga nomzodni aniqladi. L'Équipe xabariga ko‘ra, jamoani germaniyalik mutaxassis Dino Toppmyoller boshqaradi.

Manbaga ko‘ra, 45 yoshli murabbiy bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Uning tayinlovi rasman dushanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Pyer Saju «Lans»ni 2025/26 yilgi mavsumda Fransiya chempionatida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi hamda Fransiya Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kubokdagi muvaffaqiyatdan so‘ng mutaxassis klubni tark etishi mumkinligini istisno qilmagan edi. Vaziyatdan Angliyaning «Kristal Pelas» klubi foydalanib, uni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

London klubi avvalroq Oliver Glasner bilan xayrlashgan edi.

Dino Toppmyollarning so‘nggi ish joyi Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bo‘ldi. U jamoani 2023 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha boshqardi.

«Lans» rahbariyati nemis mutaxassisi bilan yangi bosqichni boshlash va klubning yuqori natijalarini saqlab qolishga umid qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
Bugungi yangiliklar