Germaniya milliy jamoasi darvozaboni Manuel Noyer JCH-2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan Kyurasaoga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Shu tariqa, 40 yoshli posbon faoliyatidagi beshinchi jahon chempionatida maydonga tushdi. Bu uning uchun mundiallardagi so‘nggi ishtirok bo‘lishi ham mumkin.
Noyer ilk bor 2010 yil Janubiy Afrikada o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashgan edi. O‘shanda u «Shalke» sharafini himoya qilgan va turnirdan so‘ng Myunxenning «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tgan.
Germaniyalik darvozabon JARdagi mundialda olti uchrashuvda maydonga tushgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, Braziliyada o‘tgan JCH-2014da esa Germaniya bilan jahon chempioniga aylangan. Noyer o‘sha turnirning barcha yetti uchrashuvida maydonga tushgandi.
Shuningdek, u Rossiyada o‘tgan JCH-2018 va Qatardagi JCH-2022da ham ishtirok etgan. Germaniya milliy jamoasi so‘nggi ikki mundialda guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan edi.
Noyer zamonaviy futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning beshinchi mundialdagi ishtiroki jahon futbolidagi yana bir tarixiy voqea sifatida qayd etildi.