Turkiya milliy jamoasi Jahon chempionatida Avstraliyaga qarshi g'ayrioddiy o'yin o'tkazdi.
Montella jamoasi raqib darvozasiga 30 marta zarba berdi, ammo birorta ham gol ura olmadi. Yakunda «kengurular» 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya 2006 yildan beri Jahon chempionati o'yinida 30 yoki undan ortiq zarba berib, gol ura olmagan birinchi jamoaga aylandi. O'shanda Portugaliya JCh–2006 chorakfinalida Angliyaga qarshi bahsda gol urolmagan. O'shanda asosiy va qo'shimcha bo'limlar 0:0 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida portugallar ustun kelgandi.
Shu bilan birga, Turkiya 1974 yildan beri jahon chempionatida 30 tadan ortiq zarba berib, gol urmasdan mag'lub bo'lgan birinchi jamoa bo'ldi. Bundan oldin shunday holat Urugvay bilan sodir bo'lgan: ular guruh bosqichida Shvetsiyaga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Avstraliya va Turkiya AQSh hamda Paragvay bilan birga D guruhida ishtirok etmoqda.
Turkiya JChda 52 yillik antirekordni takrorladi
Futbol
14 iyun, 12:55
Montella jamoasi Avstraliyaga qarshi g'ayrioddiy o'yin o'tkazdi.
Foto: Getty Images
14.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Avstraliya
2
:
0
Turkiya