Bugun
14
O'zbek

Sabaleta: "Ispaniya, Angliya va Fransiya qolganlardan kuchliroqdir, ammo ularda Messi yo'q"

Futbol
14 iyun, 13:15
Argentinalik sobiq himoyachining fikricha, qolgan favoritlarga Leo darajasidagi futbolchi yetishmaydi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Sabaleta: "Ispaniya, Angliya va Fransiya qolganlardan kuchliroqdir, ammo ularda Messi yo'q"
Foto: Getty Images

Argentinaning sobiq himoyachisi Pablo Sabaleta 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun kurashayotgan boshqa milliy jamoalarda 8 karra «Oltin to‘p» sohibi Lionel Messi darajasidagi futbolchi yo‘qligini ta'kidladi.

«Ispaniya, Fransiya va Angliya milliy jamoalari, ehtimol, qolganlardan ancha kuchlidir, ammo ularda Messi yo'q (kuladi)», — dedi Sabaleta TF1 nashriga bergan intervyusida.

«Albiseleste» 2026 yilgi mundialdagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Jazoirga qarshi o‘tkazadi. Guruh bosqichining 2-turida argentinaliklar Avstriya (22 iyun), 3-turda esa Iordaniya bilan (28 iyun) bahs olib boradi.

Argentina milliy jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar