«Manchester Siti» rahbariyati himoyachi Yoshko Gvardiol bilan yangi shartnoma imzolanishiga ishonmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan va kelishuv deyarli to‘liq tayyor.
Yangi bitimga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Shuningdek, shartnoma muddati 2032 yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan.
«Bitim deyarli to‘liq kelishilgan. “Manchester Siti” Gvardiolni jamoada saqlab qolish borasida katta optimizmga ega», — dedi Romano.
Avvalroq Madridning «Real» klubi ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Angliya chempioni o‘zining asosiy himoyachilaridan birini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Gvardiol barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Yoshko Gvardiol JCH-2026da Xorvatiya milliy jamoasi safida ishtirok etmoqda. Xorvatlar turnirdagi ilk bahsini 17 iyun kuni Angliyaga qarshi o‘tkazadi.