FIFA JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Angliya va Xorvatiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Mazkur bahsni fransiyalik tajribali referi Kleman Tyurpen boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Nikolya Dano va Benjamen Paje yordam beradi. Zaxira hakami vazifasini esa Katya Garsiya bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya — Xorvatiya uchrashuvi 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.
Har ikki jamoa JCH-2026dagi yurishini nisbatan kech boshlayotgan jamoalar qatoridan joy olgan.
Angliya va Xorvatiya L guruhida ishtirok etib, pley-off yo‘llanmasi uchun muhim kurash olib boradi. Ayniqsa, ushbu bahs guruhdagi yakuniy o‘rinlar taqsimotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kleman Tyurpen zamonaviy futbolning eng tajribali hakamlaridan biri bo‘lib, avvalroq Chempionlar ligasi finali va yirik xalqaro turnirlarning hal qiluvchi uchrashuvlarida ham ishlagan.