Live
4
O'zbek

Porro «Tottenhem» bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
14 iyun, 11:06
Ispaniyalik himoyachi 2031 yilgacha London klubida qoladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Porro «Tottenhem» bilan yangi shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan va futbolchi agentlari bilan bitim to‘liq yakunlangan.

Yangi shartnoma 2031 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Bundan tashqari, klub uni 2032 yilning iyunigacha uzaytirish imkonini beruvchi opsiyani ham qo‘shgan.

Shuningdek, yangi bitim doirasida Pedro Porroning maoshi oshirilgan.

Avvalroq futbolchiga «Manchester Siti» va boshqa klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Romano ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining klubni tark etish ehtimoli deyarli bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, «Tottenhem» Pedro Porroni jamoaning daxlsiz futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uning ketishini umuman ko‘rib chiqmagan.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi so‘nggi mavsumlarda London klubi himoyasining muhim bo‘g‘iniga aylangan va hujumdagi faolligi bilan ham ajralib turadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar