Iv Bissuma «Tottenhem»ni tark etdi.
«Taqachilar» shartnomasi yakuniga yetgan 29 yoshli yarimhimoyachiga yangi bitim taklif qilishmadi. Malilik futbolchi 2022 yildan beri London klubida o'ynayotgan edi. U jamoa bilan 2025 yili Yevropa Ligasini yutgan.
Bissuma «Tottenhem»ga 2022 yili «Brayton»dan 29,2 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi. Yarimhimoyachi o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 11ta o'yin o'tkazib, gol urolmadi.
«Tottenhem» Bissuma bilan xayrlashdi
Futbol
10 iyun, 14:20
Malilik futbolchi erkin agent sifatida London klubidan ketdi.
Foto: Getty Images