Live
4
O'zbek

Reshford faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin

Futbol
9 iyun, 10:10
Markusning o'zi «Barsa»da qolishni xohlaydi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Reshford faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Angliyalik vinger Markus Reshford faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Futbolchini qo'lga kiritishga «Aston Villa» va «Tottenhem» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq Markusning o'zi «Barselona»da qolishni xohlaydi, u bungacha kataloniyaliklar safida ijaraga asosida to'p tepgan.

Ma'lumot o'rnida, Reshford «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2025/2026 yilgi mavsumda u «Barselona» safida 49 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urg'an va 14 ta assist amalga oshirgan.

Futbolchining «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Avvalroq Markus «ko'k-anorranglilar» safida qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Aston Villa Aston Villa
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar