Kilian «Real» va «Barsa» qarama-qarshiligi Kunde bilan munosabatlariga ta’siri haqida gapirib berdi.
«Ha, biz Ispaniyada ko‘rishib turamiz. Biz men «PSJ»da o‘ynaganimdagidan ko‘ra ko‘proq ko‘rishib, hazillashamiz.
Oxirgi paytlar oxirgi gap unda qolmoqda, chunki biz «Barsa»ni yuta olmayapmiz. Biroq biz doim milliy jamoa va boshqa masalalarni ajratishni bilganmiz», - dedi Kilian.
Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan mavsumda «Barselona» 94 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi, «Real» esa 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.