Bugun
7
O'zbek

«Bavariya» Olise bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzolamoqchi

Futbol
14 iyun, 10:56
Myunxen klubi fransiyalik yulduzning maoshini deyarli ikki barobarga oshirishga tayyor.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Bavariya» Olise bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzolamoqchi
Foto: Getty Images

«Bavariya» vingeri Maykl Olisening kelajagi bilan bog‘liq mish-mishlarga yakun yasashni rejalashtirmoqda. Bu haqda L'Équipe nashriga tayanib, Bayern & Germany sahifasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 24 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirmoqchi. Yangi bitim doirasida uning maoshi deyarli ikki barobarga oshirilishi kutilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, Olise «Bavariya»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Hozirgi vaqtda fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Olise hozirda yiliga 16-17 million yevro atrofida maosh olmoqda.

2025/26 yilgi mavsum vinger uchun juda muvaffaqiyatli kechdi. U barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali Maykl Olisening transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Qayd etish joiz, so‘nggi haftalarda futbolchiga «PSJ» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq «Bavariya» o‘z yulduzini saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar