Saudiya klublari «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar rahbariyati kanadalik 25 yoshli futbolchi bo'yicha takliflarni shu yozda ko'rib chiqishga tayyor.
Devisning «Bavariya» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Uning yillik maoshi esa soliqlar chiqarib tashlangunga qadar 15 dan 20 million yevrogachani tashkil etadi.
Saudiya Arabistoni tomonidan qiziqish «Bavariya»ning futbolchining sog'lig'idan xavotirda ekanligi fonida yuzaga keldi.
So'nggi mavsumlarda Devis bir necha bor jarohatlarga duch keldi. Bu esa bosh murabbiy Vensan Kompanini chap qanot himoyachisi pozitsiyasi bo'yicha rejalarini qayta ko'rib chiqishi mumkin.