Madridning «Real» klubi «Bavariya» klubi va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» avvalroq 24 yoshli futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilgan, biroq Myunxen klubi bu taklifni rad etgan.
Endilikda madridliklar yangi taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko‘ra, «Real» Olise transferi uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor.
Shunga qaramay, bu summa ham «Bavariya»ni qoniqtirmasligi mumkin. Chunki Germaniya grandi o‘z yulduzini bundan ham qimmatroq baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise «Bavariya» safiga 2024 yilning yozida kelib qo‘shilgan va qisqa vaqt ichida jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan.
Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 150 million yevroga baholagan.