Bugun
38
O'zbek

«Bavariya» Reshfordga qiziqish bildirmoqda

Futbol
8 iyun, 18:40
Markusning «Barselona»dagi kelajagi mavhum.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Bavariya» Reshfordga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning transferiga qiziqish bildirmoqda.

Football365 ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» angliyalik futbolchini to'liq sotib olish bo'yicha muzokaralarni faol olib borgani yo'q.

Kataloniya klubi futbolchini 30 mln yevroga sotib olish huquqiga ega, biroq ayni damda bu imkoniyatdan foydalanishni rejalashtirmayapti.

«Manchester Yunayted» boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. «Bavariya» o'z qiziqishini tasdiqladi va so'ralayotgan summani to'lashga tayyorligini bildirdi. Kelishuvni amalga oshirishdagi asosiy to'siq o'yinchining maosh darajasi — haftasiga 348 ming yevro ekanligidir.

O'tgan mavsumda Reshford «Barselona» safida 49 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar