Madridning «Real» klubi «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis transferi variantini yana ko‘rib chiqmoqda.
Madrid Universal xabariga ko‘ra, kanadalik futbolchi uzoq vaqt davomida «qirollik klubi»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib kelgan. Biroq u yakunda Myunxen klubi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgach, bu boradagi xabarlar to‘xtab qolgandi.
Endilikda madridliklar yana futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Biroq transfer amalga oshishiga jiddiy to‘siq mavjud. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining yuqori maoshi «Real» uchun asosiy muammo bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Alfonso Devisning o‘yinlariga yuqori baho beradi va uning iste’dodini qadrlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Devis zamonaviy futbolning eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevroga baholagan. U o‘tgan mavsum «Bavariya» safida 23 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.