Bugun
6
O'zbek

"PSJ" ham Olise uchun kurashga qo'shildi

Futbol
11 iyun, 00:00
Avvalroq "Real" Olise uchun yangi taklif tayyorlayotgani ma'lum qilingandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"PSJ" ham Olise uchun kurashga qo'shildi
Foto: Getty Images

"Bavariya" vingeri Maykl Olise uchun yana bir da'vogar paydo bo'ldi. Bu haqida L'Equipe nashri xabar berdi.

"PSJ" ham 24 yoshli futbolchini xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Myunxen klubi rahbariyati esa fransuz vingerini sotish niyatida emas va Maykl uchun juda katta summa talab qilinadi.

Shu bilan birga, parijliklar Olise uchun moliyaviy talablarni qondirish imkoniyatiga ega ekani aytilmoqda. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 150 million yevroni tashkil etadi.

Yakunlangan mavsumda myunxenliklar yulduzi 52 ta o'yinda 22 gol va 31 assist qayd etdi. Avvalroq "Real" Olise uchun yangi taklif tayyorlayotgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar