“Real” futbolchisi Arda Guler faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goals Zone xabar berdi.
Qayd etilishicha, “PSJ” yarimhimoyachini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati Guler transferi uchun 120 million yevro sarflashga tayyor.
Ma'lumot oʻrnida, Ardaning “qiroldik klubi” bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar moʻljallangan. Yakunlangan mavsumda yarimhimoyachi “qaymoqranglilar” safida 51 uchrashuvda ishtirok etib, oʻz hisobiga 6 gol va 14 assist yozib qoʻydi.
Avvalroq Guler Chempionlar Ligasining kashfiyoti deb topilgani ma'lum qilingandi.